❓
Promptni qanday aniqroq yozish mumkin?
📌 Ko‘p promptlar bitta muammo tufayli kuchsiz bo‘ladi - ular juda umumiy yoziladi. Promptni aniq qilish uchun bir nechta element qo‘shish kerak.
1. Maqsadni yozing - maqsad bo‘lmasa javob ham umumiy bo‘ladi
2. Kontekst qo‘shing - AI vaziyatni tushunishi kerak
3. Cheklov qo‘ying - natija qanday bo‘lishini belgilang
4. Rol bering - AI qaysi mutaxassis sifatida javob berishini yozing
Oddiy prompt: “Kontent g‘oya ber.”💤
Aniq prompt: “Tajribali SMM mutaxassisi sifatida texnika do‘koni uchun o'rta va quyi segmentidagi noutbukni reklama qilishga mo‘ljallangan 5 ta Instagram* Reels g‘oyasi yoz. Auditoriya: 18–30 yosh talabalar va boshlovchi mutaxassislar. Har bir g‘oyani 1–2 gap bilan tushuntir.”✅
Kuzatishda davom eting⚡️
☎️ | 78-777-47-47
💬 | @pdpaloqa_bot
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram