Ishga kirish suhbatida dasturchilar tez-tez yo‘l qo‘yadigan xatolar!
1. “Men kimman?” savoliga tayyor bo‘ling.
“Ismim Anvar, Python’ni bilaman”
Intervyuer sizning dunyo qarashingiz, fikrlash doirangizni bilmoqchi. Shuning uchun quyidagicha javob berganingiz yaxshi:
- Qayerda kursni bitirgansiz
- Qaysi loyihalarda qatnashgansiz
- Qanday natijaga erishgansiz
- Kelgusi maqsadlaringiz qanday
2. Texnik bilimni “real misol” bilan ko‘rsating.
“Men JavaScript bilaman”
“React bilan to‘liq CRUD web-app yasaganman, Firebase bilan autentifikatsiya qo‘shganman.” Bu oddiy gap emas, isbot.
3. Soft skill
Dasturchilar ko‘pincha “faqat kod” deb o‘ylashadi. Lekin kompaniyalar jamoada ishlay oladigan, fikrini tushuntira oladigan odamni izlaydi. Kommunikatsiya, mas’uliyat, feedback olishga ochiqlik — katta plus bo'ladi.
4. “Sizda savol bormi?” deganda sukut saqlamang!
Intervyuning eng muhim qismi shu. O'zingizni qiziqtirgan savollarni bering, o'zingizga va kompaniyaga befarq emasligingizni ko'rsating. Bu sizning qiziqishingizni va professional yondashuvingizni ko‘rsatadi.
- Jamoa hajmi qancha?
- Qanday texnologiyalar ishlatiladi?
- Loyihalarda code review bormi?
5. Uchrashuvga kech qolmang, suhbat uchun alohida tayyorgarlik ko‘ring!
Shaxsiy “portfolio” yoki GitHub sahifangizni yangilang. Loyiha kodlarini ko‘rsatish — sizni bir zumda 80% nomzodlardan ustun qiladi.
Xulosa: Ishga kirish — imtihon emas, muloqot. Siz o‘zingizni sotayotgan mutaxassissiz. Har bir so‘zingiz — shaxsiyatingiz va mutaxasissligingizni shakllantiradi.
Ishga kirishda sizda qanday xatolar bo'lgan, izohlarda yozib qoldiring!
78-777-47-47
Telegram |
Instagram* |
YouTube
Обсуждение 5
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram