🤖
Sun’iy intellekt-dasturchining dushmani(mi?)
AI (sun’iy intellekt) bugun dasturlashdagi har bir bosqichda yordam bera oladi. Kod yozish, xatolarni tuzatish, va hattoki butunlay loyiha tayyorlashga ham xizmat qilishi mumkin.
❔Ammo bir savol bor:
AI’ni ishni tezlashtirish vositasi sifatida ishlatamizmi yoki uni dasturchi o'rnida ishlatamizmi?
🧩 Nega yosh dasturchilarga AI’dan foydalanmaslik tavsiya qilinadi?
Aynan dasturlashni o’rganish jarayonida sizning miyangiz ishlashi, murakkab vazifalarni o’zi yechib ko‘rishi kerak.
Agar bu bosqichda AI sizga yordam bersa:
• Kodni tushunmasdan yozasiz
• Mustaqil fikrlash sekinlashadi
• Har bir muammo uchun sizda “tayyor yechim” kutish odat paydo bo‘ladi
✅
Dasturchi uchun AI’ning 3 foydasi:
1.
Kod yozish jarayonini tezlashtiradi.
2.
Xatolaringizni tez topadi.
3.
Yechimlarni tahlil qilishga yordam beradi.
❗️
Lekin, AI’ning 3 xavfi ham mavjud:
1. Mustaqil izlanishni kamaytiradi
2. Vazifaga yuzaki qarashga sabab bo'lishi mumkin
3. Muammoga duch kelsangiz, to‘xtab qolasiz
🟢
Xulosa shundan iboratki…
AI dasturchining do’sti ham, dushmani ham bo‘lishi mumkin.
Unga qanday yondashish esa o‘zingizga bog‘liq!
Siz nima deb o‘ylaysiz? AI dasturchining dushmani(mi?)
Izohlarda fikringizni yozib qoldiring!
PDP Academy — bilim va amaliyot uyg‘unligi.
| 78-777-47-47
@pdpaloqa_bot
Telegram |
Instagram* |
YouTube
Обсуждение 14
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram