avatar
Osmondagi bolalar
Переслано от Temurbek Adhamov
26.03.2026 11:57
Yoshlar bilan suhbatlashganimda eng ko'p "qaniydi shu narsalarni ertaroq bilganimda", "qaniydi meni ham ustozim bo'lsa-yu, menga buni qil, buni qilma deb o'rgatsa" deb aytishadi. Bugun ko'pchilik yoshlarning o'z yo'lini topa olmayotganining sababi ham shu - to'g'ri ustozlari, yo'lboshchilari yo'qligi.

Osmondagi Bolalar loyihasini ham ayni shu maqsadda - yoshlarga ular o'rnak bo'la oladigan, o'zlariga ergashtira oladigan insonlar, qaysidir ma'noda ustozlarni tanitish uchun boshlaganmiz.

Yuqoridagi izohlarni o'qirkanmiz, shu narsaga yanada ishonchimiz ortadi. Yoshlarning eng katta muammosi - ustozi yo'qligida.

Shuning uchun doim takror aytaman, rivojlanmoqchimisiz - ustoz toping, shogird tushing. Agar bunga jonli imkoniyat bo'lmasa ham, kamida onlayn. Vaqti-vaqti bilan suhbatida bo'lib, yo'l ko'rsatadigan insoningiz bo'lishi juda muhim.

Boshqalar qilgan xatoni anglab yetish uchun siz ham uni takrorlashingiz shart emas, tayyor tajribalar bor. Ulardan foydalaning. Va nafaqat ustoz topishga harakat qiling, balki unga munosib shogird bo'lishga ham.

@temurbek_adhamov
🔥 21
7
❤‍🔥 2
🤩 1
10 3K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Osmondagi bolalar

9.3K
🚀 Maqsadimiz o‘zining ilmi, salohiyati, tirishqoqligi, mashaqqati va sabri orqali ma'lum bir muvaffaqiyatga erishgan insonlarni ommaga tanishtirishdan iborat.
Открыть в Telegram