avatar
Osmondagi bolalar
Переслано от Islom.uz
10.01.2026 13:15
«Hilol nashr»ning sharafli yo‘li haqida «Badr» hujjatli film

Kelajakda «Hilol nashr» manfaatli ilmlarning hiloli bo‘lsa-da, uning asosiy maqsadi «Badr»ga aylanishdir. Ya’ni, ilm-ma’rifatni to‘lin oy kabi yorqin namoyon etish, ilm olmaslikka hech qanday bahona qoldirmaslikdir. 

«Badr» nomli filmni tomosha qiling:

https://www.youtube.com/watch?v=QnHzdDMdVCo

Yaqinlarimizga ham yuborib qo‘yamiz.

@hilolnashr & @islomuz
YouTube
“Badr” - “Hilol-nashr”ning sharafli yo‘li haqida hujjatli film
Fazilatli shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari o‘zining shoh asari “Tafsiri Hilol”ning muqaddimasida shunday degan edilar: “Alloh taologa shukrlar bo‘lsinkim, zulmat chekinib, qora tun qa’ridan hilol yog‘du sochmoqda. Shuning uchun ham qo‘lingizdagi kitobni “Tafsiri Hilol” deb atadik. Xayrli ishning debochasi bo‘lmish bu kitob uch kunlik oy – hilol misoli xalqimiz ma’naviyatiga nur sochib tursin”. Shayx hazratlarining yuzdan ortiq kitoblari yurtimiz istiqlolga erishgan ilk yillarda diniy adabiyotimizning tiklanishiga beqiyos xizmat qildi. Ustozimiz bu kitoblarni chop etib, xalqqa yetkazish maqsadida 2011-yilda nashriyot va matbaa majmuasiga asos soldilar. Bu dargohga ham ezgu niyat bilan «Hilol» deb nom qo‘yildi. Nashriyotimiz hiloldek nur sochib, ilmu ma’rifatga tashna xalqimizga kitoblar taqdim qila boshladi. Bu yil “Hilol-nashr” matbaa-nashriyotining ish boshlaganiga o‘n besh yil bo‘lyapti. Nashriyotimiz bu muddat ichida yurtimizda va xorijda o‘nlab filiallariga, elektron savdo tarmog‘iga, mobil jihozlar uchun barcha kitoblarni bir necha tillarda o‘qish va tinglash mumkin bo‘lgan ilovalarga, shuningdek, mahsulotlarini butun dunyo bo‘ylab yetkazib berish xizmatiga ega bo‘lgan yirik muassasa shakliga keldi. Ustozimizning orzulari ro‘yobga chiqib, nashriyotimiz o‘n besh yilda hiloldan to‘lin oyga – badrga aylandi. Marhamat, bugun “Hilol-nashr” matbaa-nashriyotining sharafli yo‘li haqida hikoya qiluvchi “Badr” nomli hujjatli filmni birgalikda tomosha qiling, yaqinlaringiz bilan ham baham ko‘ring. ☎️ Ma'lumot uchun: +998712175999 Mundarija: 00:00 — Kirish 23:14 — «Oltin silsila» 31:25 — Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf kitoblari uchun 47:54 — Ilm eksporti... 54:28 — Forum, yangi uskunalar va online savdo 01:01:03 — Katta sinov 01:11:47 — Yangi qadamlar 01:25:56 — Qanot yozgan orzular 01:36:00 — Xotima Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz: Telegram - http://t.me/hilolnashr Facebook - http://facebook.com/hilolnashr.uz Instagram - http://instagram.com/hilolnashr
👍 15
🔥 8
1 22 5.4K

Обсуждение 1

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Osmondagi bolalar

9.3K
🚀 Maqsadimiz o‘zining ilmi, salohiyati, tirishqoqligi, mashaqqati va sabri orqali ma'lum bir muvaffaqiyatga erishgan insonlarni ommaga tanishtirishdan iborat.
Открыть в Telegram