“Hech qachon o’zingizni birovdan kam deb hisoblamang”
22-sentyabr, 2025-yil. Shu kunda Robbit akademiyasi asoschisi Temurbek Adhamov Andijon viloyati, Xo’jaobod tumani
17-kar-soqov maktab internatiga tashrif buyurdilar.
🎯 Tashrifdan maqsad - maktab internatning 8-sinf o’quvchisi Sobirov Donyorbekni taqdirlash. Donyorbek Robbit tomonidan o’tkazilgan musobaqada ishtirok etganlar.
Donyorbekka onalari orqali aloqaga chiqib, qiziqishlarini qo’llab-quvvatlash maqsadida sovg’a topshirdik.
Biz siz va siz kabi iqtidorli yoshlar bilan faxrlanamiz, Donyorbek!
📌 Fursatdan foydalanib, maktab internat ma’muriyatiga, ustozlarga va o’quvchilarning ota-onalariga sharafli yo’ldagi xizmatlari uchun minnatdorchilik bildiramiz.
Robbit - yosh iqtidorlarni qo’llab-quvvatlaymiz!
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram