🌱
TAKRORIY EKINLARNI JOYLASHTIRISH VA YERDAN SAMARALI FOYDALANISH HOLATI O‘RGANILDI
📋 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-iyundagi “2017-yilda boshoqli don ekinlaridan bo‘shaydigan maydonlarga takroriy ekinlarni joylashtirish, ekish uchun talab etiladigan moddiy-texnika resurslarini o‘z muddatida yetkazib berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3027-son qarori doirasida hududdagi qishloq xo‘jaligi maydonlaridan samarali foydalanish holati o‘rganildi.
🌾 O‘rganish davomida hosildan bo‘shagan maydonlarda takroriy ekinlarni joylashtirish, yer resurslaridan oqilona va samarali foydalanish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
🔎 Natijada mavjud qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan maydonlardan samarali foydalanilayotgani, foydalanilmayotgan bo‘sh maydonlar qolmaganligi hamda takroriy ekinlarni joylashtirish ishlari yo‘lga qo‘yilgani aniqlandi.
📈 Mazkur yo‘nalishdagi ishlarni izchil davom ettirish, yer unumdorligini oshirish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish samaradorligini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
©️Kanalga ulanish:
👇👇👇
👉 @oqdaryo_axborot_xizmati
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram