avatar
Nurobod tumani hokimligi
@nur_press
09.04.2026 16:00
Nurobodda futbol va mini-futbol bo‘yicha DXX raisi kubogi musobaqasiga start berildi

Bugun Nurobod tumanida sportsevarlar uchun unutilmas kunlardan biri — futbol va mini-futbol bo‘yicha Davlat xavfsizlik xizmati raisi kubogi musobaqasiga tantanali ravishda start berildi.

Mazkur musobaqa O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tashabbusi bilan Sport vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Mahallalar uyushmasi hamkorligida tashkil etilmoqda. Uning asosiy maqsadi — aholi orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, yoshlar o‘rtasida futbolni ommalashtirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish hamda iqtidorli sportchilarni aniqlab, katta sport sari yo‘naltirishdan iborat.

Tantanali ochilish marosimida Nurobod tumani hokimi M.Buranov, tuman DXX rahbari E.Oripov, tuman prokurori J.Abdixakimov, tuman IIB boshlig‘i S.Sharipov, nuroniylar, soha mas’ullari hamda ko‘plab sportsevar yoshlar ishtirok etishdi. Tadbir davomida maydonda hukm surgan iliq muhit, muxlislarning olqishlari va yoshlarning g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqi barchaga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.

So‘zga chiqqan rahbarlar ushbu musobaqani yoshlar uchun katta imkoniyatlar maydoni sifatida e’tirof etib, ularni sportga yanada faol jalb etish, sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash yo‘lida bunday tashabbuslarning ahamiyati beqiyos ekanini ta’kidladi. Shuningdek, Nurobod yoshlari viloyat va respublika bosqichlarida ham munosib ishtirok etib, chempionlikni qo‘lga kiritishlariga qat’iy ishonch bildirildi.

Marosimning muhim qismi sifatida rahbarlar ishtirokida qur’a tashlash jarayoni o‘tkazilib, musobaqada qatnashayotgan barcha jamoalar o‘z raqiblarini aniqlab oldi. Bu jarayon jamoalarda yanada katta ishtiyoq va raqobat ruhini kuchaytirdi.

Barchaning intiqlik bilan kutgan lahzasi yetib keldi — hakamning hushtagi yangradi va Nurobod tumanida DXX raisi kubogining joriy yilgi bahslariga rasman start berildi.

Endilikda maydonlarda haqiqiy kurash, shijoat, mahorat va g‘alabaga intilish hukm suradi. Ushbu musobaqa nafaqat g‘oliblarni aniqlaydi, balki kelajakda yurtimiz futbolining yangi yulduzlarini kashf etishiga ham xizmat qiladi.

@nur_press
43 6.2K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Nurobod tumani hokimligi

12.1K
Nurobod tuman hokimligining Telegramdagi rasmiy sahifasi!

Murojaat uchun: @Nurobodmurojaat_bot

Veb-sayt: www.nurobod.uz
Facebook*: fb.com/axborot.xizmati
Telegram: t.me/nur_press
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram