#Jarayon
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik va talabalarni turar joy bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida tyutorlar ishtirokida 2026/2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish, shuningdek, yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida yangi o‘quv yilini yuqori saviyada boshlash hamda yoshlar bilan ishlashning manzilli va samarali tizimini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilib, bir qator dolzarb masalalar yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.
Bugungi kunda Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida 23 nafar tyutor faoliyat olib bormoqda. Ular har o‘quv yilida o‘zlariga biriktirilgan akademik guruhlarda talabalar bilan individual ishlash, yoshlarning muammolarini o‘rganish hamda ularni hal etishga ko‘maklashish borasida izchil faoliyat yuritmoqda.
📢 NDKTU Axborot xizmati
Bizni kuzatib boring:
📲
NDKTU RASMIY KANALI
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram