#Faoliyat_EMF
Olimlarimiz tomonidan Xatirchi tumanida ilmiy-texnik o‘rganishlar olib borilmoqda
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti “Elektr energetikasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Xatirchi elektr ta’minoti korxonasining elektr energiyasi bilan ta’minlash tizimida energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy-texnik o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
O‘rganishlar davomida korxonaning elektr ta’minoti infratuzilmasi, jumladan, podstansiyalar, elektr uzatish liniyalari hamda iste’molchilarning elektr energiyasidan foydalanish holati tahlil qilinmoqda.
Ushbu ilmiy-amaliy hamkorlik hududlarda elektr energetikasi sohasida mavjud muammolarni ilmiy yondashuv asosida o‘rganish, energiya resurslaridan samarali foydalanish va elektr ta’minoti tizimining barqarorligini oshirishga qaratilgan.
📢 NDKTU Axborot xizmati
Bizni kuzatib boring:
📲
NDKTU RASMIY KANALI
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram