avatar
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti
Переслано от Edu.uz
04.08.2026 09:21
“Kelajak muhandislari” Respublika ko‘rik-tanlovining final bosqichi start olmoqda!

Joriy yilning 5–7-avgust kunlari tanlovning eng mas'uliyatli va hal qiluvchi bosqichi bo‘lib o‘tadi. Akseleratsiya bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, eng yuqori natija ko‘rsatgan 90 nafar eng kuchli ishtirokchi bosh sovrin uchun kurashadi.

Final bahslari quyidagi jadval bo‘yicha o‘tkaziladi:

5-avgust: “Eng yaxshi g‘oya”
6-avgust: “Eng yaxshi loyiha”
7-avgust: “Eng yaxshi ixtiro”

Ishtirokchilar — talabalar, amaliyotchi-muhandislar hamda professor-o‘qituvchilar ushbu yo‘nalishlarda o‘z ishlanmalarining amaliy va iqtisodiy samaradorligini kengaytirilgan ekspertiza oldida himoya qiladilar.

Taqdimotlar yakuniga ko‘ra tanlovning 9 nafar mutloq g‘olibi aniqlanadi va bosh sovrin — Prezident sovg‘asi: BYD Chazor avtomobili egasiga aylanadi.

Boshlanish vaqti: 10:00
Manzil: Toshkent shahri, Qamarniso ko‘chasi, 8/1-uy (Innotexnopark binosi)

Facebook* | Instagram* | YouTube | Telegram
2
👍 2
🥱 1
4 2.3K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti

7.2K
Навоий давлат кончилик ва технологиялар университетининг расмий канали
Открыть в Telegram