SAMIMIY MULOQOT AVLODLARNI EZGU MAQSAD ATROFIDA BIRLASHTIRDI
“Uch avlod uchrashuvi” samimiy muloqot bilan davom etdi. Tadbirda mehnat faxriylari va nuroniylar o‘zlarining hayot yo‘li, mehnat faoliyati hamda tajribalari haqida ma’lumot berishdi.
Korxona mutasaddilari bugungi kunda “Navoiyazot” AJda amalga oshirilayotgan ishlar xususida soʻz yuritdilar. Yoshlar esa bu kabi uchrashuvlar ularni Vatanga sadoqat, kasbga mehr va yurt taraqqiyotiga daxldorlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlashdi.
Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan millatimizga xos qadriyatlar, oilaviy an’analar va avlodlar davomiyligini ta’minlash borasida fikr almashildi. Mazkur muloqot yoshlarni ajdodlar xotirasiga hurmat ruhida tarbiyalash, jamiyatda o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini mustahkamlashga xizmat qildi.
O'zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi axborot xizmati
Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram* | Facebook*
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram