avatar
Digital.uz
@mitcuz
27.07.2026 08:04
Raqamli texnologiyalar sohasida strategik rejalashtirish va davlat nazorati takomillashtiriladi – Prezident Farmoni

✍🏻 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyuldagi PF–141-son Farmoni bilan raqamli texnologiyalar sohasida strategik rejalashtirish tizimini yanada takomillashtirish hamda ushbu sohada davlat nazorati samaradorligini oshirishga qaratilgan muhim o‘zgartish va qo‘shimchalar tasdiqlandi.

⚡️ Mazkur hujjat bilan mamlakatda sun’iy intellekt texnologiyalarini jadal rivojlantirish, raqamli iqtisodiyotni yangi bosqichga olib chiqish, raqamli davlat xizmatlari sifatini oshirish hamda sohadagi boshqaruv va nazorat mexanizmlarini kuchaytirishga qaratilgan qator vazifalar belgilandi.

Farmonga muvofiq, “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi va Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasi zamonaviy talablar asosida yangilanadi hamda ularning o‘zaro uyg‘unligi ta’minlanadi.

Yangilangan ustuvor yo‘nalishlar quyidagilarni qamrab oladi:

raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt sohalariga oid maqsadli ko‘rsatkichlarni “O‘zbekiston – 2030” strategiyasiga maqsadlariga muvofiqlashtirish;

– “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi doirasida o‘qitilgan yoshlar sonini 2030-yilga qadar 5 million nafarga yetkazish;

radiochastota spektridan foydalanishni boshqarish tizimini takomillashtirish;

raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlarini raqamlashtirish darajasini yangi bosqichga olib chiqish orqali tarmoqlar samaradorligini oshirish;

axborot va ommaviy kommunikatsiyalar, telekommunikatsiyalar, raqamli texnologiyalar va noshirlik sohalarida davlat nazoratini mustahkamlash.


Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/198089

Telegram | Facebook* | Instagram* | Youtube | LinkedIn | X
51 3.8K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Digital.uz

12.8K
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi yangiliklari

Новости Министерства цифровых технологий

Facebook*: https://www.facebook*.com/mininfocom/
Instagram*: https://www.instagram*.com/digital_uz_/
Youtube: https://www.youtube.com/@digitaluz
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram