#Mustaqillik35 #Uzb35
Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan mamlakatimiz raqamli ekotizimini rivojlantirishga hissa qo‘shayotgan asosiy xalqaro hamkorlar va diplomatlar o‘z fikrlarini bildirmoqda.
Ushbu videoda dunyoning yetakchi venchur kapitali va innovatsiyalar platformalaridan biri —
Plug and Play kompaniyasining hamkori va boshqaruvchi direktori
Sascha Karimpour O‘zbekistonda so‘nggi yillarda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar, texnologik ekotizimning jadal rivojlanishi hamda mamlakatimizning xalqaro venchur bozori uchun tobora jozibador maskanga aylanib borayotgani haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashadi.
Sascha Karimpourning O‘zbekiston startap ekotizimi, investitsiya muhiti va mahalliy startaplarning global venchur maydoniga integratsiyalashuvi istiqbollari haqidagi fikrlari bilan videoda tanishishingiz mumkin.
Telegram | Facebook* | Instagram* | Youtube | LinkedIn | X
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram