📢 DIQQAT, TALABALAR!
"Eng yaxshi g‘oya" va "Eng yaxshi ishlanma" tanlovi e'lon qilinadi!
Talabalarning yozgi ta'til davridagi bo‘sh vaqtini mazmunli va samarali tashkil etish, ularning ijodiy, ilmiy hamda innovatsion salohiyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida "Eng yaxshi g‘oya" va "Eng yaxshi ishlanma" tanlovi o'tkaziladi.
Tanlov nominatsiyalari:
💡 "Eng yaxshi g‘oya"
Talabalar tomonidan taqdim etiladigan istalgan yo‘nalishdagi innovatsion, ijodiy, ilmiy yoki amaliy g‘oyalar.
🛠 "Eng yaxshi ishlanma"
Talabalar tomonidan yaratilgan istalgan yo‘nalishdagi dasturiy mahsulotlar, texnik ishlanmalar, ilmiy loyihalar, ixtiroлар hamda boshqa amaliy ishlanmalar.
Tanlov ishtirokchilari:
Institutning bakalavriat va magistratura bosqichida tahsil olayotgan barcha talabalar.
Baholash mezonlari:
Yangiligi va dolzarbligi;
Innovatsion yondashuvi;
Amaliy ahamiyati;
Amalga oshirish imkoniyati;
Taqdimot sifati.
🏆 G‘oliblar institut rahbariyati tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
📅 Arizalar 2026-yil 1-avgustdan 2026-yil 1-sentabrga qadar qabul qilinadi.
📍 Hujjatlarni topshirish manzili: Talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi.
@ittifoq_bentu1
✨ O‘z g‘oyalaringiz va ishlanmalaringiz bilan ishtirok eting, iste'dodingizni namoyon qiling va kelajakdagi yirik loyihalarga ilk qadamni qo‘ying!
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram