🤝
XALQARO HAMKORLIK
Toshkent shahridagi Belarus-O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutiga Xitoy Xalq Respublikasining
Gansu viloyati Fan va texnologiyalar assotsiatsiyasi delegatsiyasi tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida tomonlar o‘rtasida
kadrlar malakasini oshirish, talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish hamda qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur hamkorlik innovatsion texnologiyalarni joriy etish, ta’lim va ilm-fan sohasida xalqaro tajriba almashishni kengaytirish, shuningdek, malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.
🌍 Xalqaro hamkorlik — taraqqiyot va innovatsiyalar sari muhim qadam!
Murojaat uchun:
+998555009977 |
ARIZA TOPSHIRISH
Telegram |
Instagram* |
YouTube |
Facebook*
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram