avatar
SBUMIPTK | Rasmiy kanal
@miptk_uz
20.07.2026 11:46
#Muhim
#MustaqilOʻzbekiston35

🇺🇿 Mustaqillik – bu xalqimizning asriy orzu-intilishlari roʻyobga chiqqan, milliy davlatchiligimizning mustahkam tayanchi va Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining bosh mezonidir. Bugun yurtimizda hukm surayotgan tinchlik, barqarorlik, bunyodkorlik va izchil islohotlar istiqlol neʼmatining yorqin ifodasidir.

Har birimiz Vatanimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi va kelajak avlodning baxtli hayoti uchun masʼul ekanimizni chuqur his etgan holda, mustaqilligimizni asrab-avaylash va uning qadriga yetish eng oliy fuqarolik burchimizdir.

✨ Yurtimizning bugungi yutuqlari va ertangi ulkan marralari yoʻlida birlashib, fidokorona mehnat qilish, Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshish barchamizning ezgu maqsadimiz boʻlib qolaversin.

🇺🇿 Mustaqilligimiz abadiy, Vatanimiz tinch, xalqimiz farovon bo‘lsin!
1.7K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

SBUMIPTK | Rasmiy kanal

2K
🏢Совместный Белорусско-Узбекский межотраслевой институт прикладных технических квалификаций в городе Ташкенте

🌐 Официальный сайт - https://sbumiptk.uz

📞Телефон:
+998 55 500 99 77

📍Адрес: Ташкентская область, Кибрайский район, Корамурт-1
Открыть в Telegram