📢 DIQQAT E'LON!
Hurmatli talabalar!
YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy
komissiyasi tomonidan, "Yoshlar tinchlik uchun: Xalqaro yetakchilik dasturi" (Youth for Peace: International Leadership Programme) tanlovining ikkinchi mavsumi uchun arizalar qabuli boshlanganini ma'lum qilamiz.
🌍 Dastur mavzusi:
"Sun'iy intellekt davrida insoniy aloqalar va muloqot"
Mazkur xalqaro dastur sun'iy intellekt texnologiyalari rivojlanayotgan davrda yoshlarning xalqaro hamkorligini rivojlantirish, insonlar o'rtasidagi ishonch va muloqotni mustahkamlash hamda yetakchilik salohiyatini oshirishga qaratilgan.
🗓 Arizalar 2026- yilning 19-iyul sanasiga qadar qabul qilinadi.
📝 Arizalar ingliz tilida onlayn tarzda quyidagi havola orqali topshiriladi:👇
🔗
https://surveys.unesco.org/171854?lang=en
📖 Dastur haqida batafsil ma'lumot:
🔗
https://www.unesco.org/en/interculturaldialogue/youthforpeace?hub=181405
Institutimizning barcha talabalarini mazkur nufuzli xalqaro dasturda faol ishtirok etishga chorlaymiz!
Murojaat uchun tel: (55) 520-08-08 (366)
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram