avatar
Linguabarno
@linguabarno
06.02.2026 20:30
Technovation Girls Uzbekistan va Yandex Uzbekistan dasturining yangi mavsumi boshlanganini e’lon qildi

O‘zbekistonda 8–18 yoshli qizlar va yosh ayollar uchun mo‘ljallangan Technovation Girls xalqaro ta’lim dasturining o‘ninchi mavsumiga qabul boshlandi����‍��

��Ishtirok bepul bo‘lib, tayyorgarlik darajasi ahamiyatga ega emas.

Loyiha Tech4Impact NNT tomonidan Raqamli texnologiyalar vazirligi, Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi va Yandex Uzbekistan ko‘magida amalga oshirilmoqda.
Uch oy davomida ishtirokchilar ekologiyadan tortib inklyuziyagacha bo‘lgan ijtimoiy muammolarni hal etishga qaratilgan mobil ilovalar, AI loyihalar va startaplar ustida ishlaydi. Qizlarga IT, biznes va ta’lim sohalaridagi tajribali mentorlar hamrohlik qiladi.
Ta’lim onlayn formatda o‘tkaziladi, oflayn tadbirlar esa Toshkent, Andijon, Qarshi, Namangan, Nukus va Farg‘ona shaharlarida rejalashtirilgan.

Yandex Uzbekistan uchinchi yildirki loyiha hamkori bo‘lib, kompaniya mutaxassislari mentorlik qiladi, ma’ruzalar o‘qiydi, loyihalarni ko‘rib chiqadi va jamoalarga ularni takomillashtirishda yordam beradi.
Shuningdek, ushbu mavsumda kompaniya AI Week — zamonaviy AI vositalari bilan ishlash, g‘oyalar yaratish va texnologiyalarni loyiha faoliyatida qo‘llashga bag‘ishlangan ta’limiy tadbirlar turkumini o‘tkazadi.

Dasturda ishtirok etish uchun qizlar va mentorlar 2026-yil 2️⃣0️⃣-fevralgacha xalqaro sayt orqali ro‘yxatdan o‘tishlari zarur.

Dastur haqida batafsil:
https://uznews.uz/uz/news/107144
❤‍🔥 43
🔥 10
🤩 9
👏 4
👍 3
😁 3
20 125 28.5K

Обсуждение 20

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Linguabarno

60.2K
Barno Askarovaning rasmiy kanali
10 yillik tajribaga ega IELTS instructor

Online darslar: @linguabarno_support
Reklama: @sardor_ads

Kanal linki: https://t.me/+F8AfaBuUvoA1YWUy
Открыть в Telegram