⛏ O‘zbekistonda tog‘-kon sanoati keskin rivojlanmoqda
So‘nggi yillarda sohada katta o‘zgarishlar amalga oshirildi. Ilgari qimmatbaho va rangli metallarni qazib olish bilan faqat 2 ta kombinat shug‘ullangan bo‘lsa, bugungi kunda bu sohada 65 ta xususiy korxona faoliyat yuritmoqda.
�� Konlarni investorlarga berish bo‘yicha shaffof tizim joriy etilgach, so‘nggi 9 yilda 10 mlrd dollar xorijiy investitsiya jalb qilindi.
�� Natijalar: • Oltin qazib olish 118,4 tonnaga yetdi
• Kumush ishlab chiqarish 1,6 barobar oshdi
• Uran 2,1 barobar oshdi
• Mis 1,4 barobar ko‘paydi
Umuman, sohada ishlab chiqarish hajmi 1,7 barobar o‘sib, o‘tgan yili 270 trln so‘mga yetdi.
�� Eng yuqori maosh ham aynan shu sohada:
• Ekskavator mashinisti — 30 mln so‘mgacha
• Burg‘ilash mutaxassisi va katta samosval haydovchilari — 40 mln so‘mgacha
• Geolog va marksheyderlar — 70 mln so‘mgacha
�� Tog‘-kon sanoati bugun O‘zbekiston iqtisodiyotining eng tez o‘sayotgan va eng yuqori daromadli sohalaridan biriga aylanmoqda.
��@latipovjahongir
😁34
👍24
🔥14
37 12.7K
Обсуждение
0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram