�� O‘zbekistonda kripto to‘lovlarga qisman ruxsat bo‘lishi mumkin
Milliy istiqbolli loyihalar agentligi (NAPP) kriptoaktivlar reklamasiga oid qoidalarni yangiladi. Endi reklamalarda kripto O‘zbekistonda to‘lov vositasi emasligi ko‘rsatiladi, faqat qonunchilikda belgilangan istisno holatlar bundan mustasno. Bu esa ayrim maxsus mexanizmlar orqali kripto to‘lovlari paydo bo‘lishi mumkinligini anglatadi.
⚠️ Reklamada daromad kafolati, “tez boyish” va bonus va’dalari taqiqlanadi. Risklar va mablag‘ni to‘liq yo‘qotish ehtimoli ochiq yozilishi shart.
Yangi tartibga ko‘ra, NAPP “motivatsiyalangan xulosa” asosida litsenziya berishni rad etishi mumkin. Ya’ni, kompaniya rasmiy talablarga javob bergandek ko‘rinsa ham, faoliyat mazmuni xavfli deb topilsa, ruxsat berilmaydi.
Kriptobirjalar, mayning-pullar va boshqa provayderlar faqat litsenziya bilan ishlaydi.Serverlar O‘zbekistonda joylashishi va tranzaksiya ma’lumotlari 5 yil saqlanishi shart.
��@latipovjahongir
🔥20
❤14
👍6
19 12.3K
Обсуждение
0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram