📍 Apple AirTag’ni 4 yildan keyin yangiladi
Apple deyarli 5 yil o‘tib AirTag’ning ikkinchi avlodini chiqardi. Dizayn o‘zgarmagan, eski aksessuarlar mos keladi. Asosiy yangilik ichida.
⚡️ Yangi
Ultra Wideband 2 chipi o‘rnatildi. “Aniq topish” funksiyasi endi 50 foiz uzoqroq masofadan ishlaydi. iPhone yo‘nalish va masofani aniq ko‘rsatadi. Dinamik 50 foiz balandroq bo‘ldi. Divan orasiga tushib ketgan kalitlarni topish osonroq.
Bluetooth moduli yangilandi, aniqlash radiusi kengaydi. Aniq topish endi Apple Watch’da ham ishlaydi.
Series 9 va
Ultra 2’dan boshlab iPhone shart emas.
✈️ Aviakompaniyalar bilan hamkorlik kuchaydi. AirTag joylashuvini vaqtincha ulash mumkin. Bu usul yuklarning butunlay yo‘qolishini 90 foizga kamaytirgan.
Narx o‘zgarmadi. Bitta AirTag 29 dollar, to‘plam 99 dollar.
🦾
Kun.uz | Texnologiya
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram