avatar
Kun.uz | Online
@kunonline
25.02.2026 14:34
Sharof Rashidov tumani sobiq hokimi 11 yilga qamaldi

Mahmud Xolbo‘tayev 2025-yil iyulida 10 ming dollar pora olayotganda ushlangan edi.

Sudda u Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 206-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish), 210-moddasi (pora olish) va 229-4-moddasi (yer berish tartibini buzish) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi.

Unga nisbatan 3 yil hokimiyat va davlat boshqaruv organlarida mansabdorlik hamda moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilingan holda BHMning 150 baravari miqdorida jarima jazosi hamda 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

�� @kunonline
👍 68
😁 61
27
🔥 4
🤔 2
😢 1
53 37.6K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Kun.uz | Online

48.3K
Kun.uz’ning tezkor yangiliklar uchun kanali

Rasmiy kanal (Kirill): @kunuzofficial
Rasmiy kanal (Lotin): @kunuz
Rus tilidagi xabarlar: @kunuzru
Ingliz tilidagi xabarlar: @kunuzen
Murojaat uchun: @kunuzmurojaat
Reklama:
+998 78 113 77 33
Открыть в Telegram