Farg‘ona shahridagi davlat bog‘chalarida bolalarning ommaviy zaharlanishi yuz berdi
Tahririyatga Farg‘ona shahrida yashovchi o‘nlab fuqarolardan murojaatlar tushmoqda. Ularda aytilishicha, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga boruvchi farzandlari 20 fevral – juma kuni uyga bog‘chadan sog‘ligi yomonlashib qaytgan. Aksariyati isitma, ko‘ngil aynishi, qayt qilish va ich ketish belgilari bilan yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.
Kun.uz bilan suhbatlashgan bog‘cha mudirasi 5 nafar tarbiyalanuvchi yuqumli kasalliklar shifoxonasiga tushganini tasdiqlab, tayyor ovqatlar autsorsing tarzida Quvasoydagi “Garden catering Trade” MChJ tomonidan yetkazilishini
aytdi.
��
@kunonline
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram