avatar
Kun.uz | Online
@kunonline
12.01.2026 13:43
«Yuksalish» harakati raisi, deputat Bobur Bekmurodov Solovyovning fikrlariga «tupurishi»ni aytdi

«Kreml fantast-jurnalisti Vladimir Solovyov navbatdagi efirida Markaziy Osiyoda «maxsus operatsiyalar» o‘tkazish haqida safsata sotibdi. Xalqaro huquqqa «tupurish»ni taklif qilgan bu nusxa, mintaqamizni o‘zining imperiyacha doktrinalariga kiritishni taklif qilibdi.

Zamon o‘zgardi. Xalqlar taqdiri telestudiyalardagi baqir-chaqirlar yoki «katta og‘alar»ning ko‘rsatmasi bilan hal qilinadigan davrlar tarix axlatxonasiga ketganiga ancha bo‘ldi.

Sarhadlarimiz — bizning or-nomusimiz. Mustaqilligimizga bo‘lgan har qanday tahdid «itoatkorlik» bilan emas, millatimizning birdamlikdagi qat’iy zarbasi bilan qarshi olinadi.

Bunday provokatsiyalar faqat va faqat qo‘shnilarni dushmanga aylantiradi.

Bizda o‘z uyimizni himoya qilish uchun iroda ham, resurs ham, jasorat ham yetarli!

Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!»

�� @kunonline
👍 382
225
🔥 47
😁 38
👎 1
84 36.3K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Kun.uz | Online

48.3K
Kun.uz’ning tezkor yangiliklar uchun kanali

Rasmiy kanal (Kirill): @kunuzofficial
Rasmiy kanal (Lotin): @kunuz
Rus tilidagi xabarlar: @kunuzru
Ingliz tilidagi xabarlar: @kunuzen
Murojaat uchun: @kunuzmurojaat
Reklama:
+998 78 113 77 33
Открыть в Telegram