#Dolzarb_90_kun
Bugun universitet rahbariyati ishtirokida navbatdagi yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda, asosan, bu yil
“Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” degan bosh gʻoya ostida oʻtkazilayotgan hamda
davlatimiz mustaqilligining 35 yilligiga bagʻishlangan bayram tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish masalalari muhokama etildi.
Shuningdek, yigʻilishda
2026/2027-oʻquv yiliga tayyorgarlik yuzasidan qilinayotgan ishlar tahlil qilindi.
Bitiruvchi
talabalar bandligini taʼminlash,
“Kelajakka qadam” dasturi ijrosi,
shartnoma toʻlovlari hamda
“Dolzarb 90 kun” doirasidagi tadbirlar masalalari ham muhokama markazida boʻldi.
Yigʻilish yakunida barcha masʼullarga belgilangan
vazifalarni oʻz vaqtida va
sifatli amalga oshirish, har bir tadbirni
yuksak saviyada oʻtkazish yuzasidan tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.
Bizni birga kuzatib boring: 👇
🌐 Website | Facebook* | Instagram* | YouTube
QarDTU axborot xizmati ✍️
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram