⚡️ Korzinka arzon narxlarga javob beradi! Yangi “Narxiga javob” dasturini boshlayapmiz!
Xaridni Korzinkada amalga oshirdingiz, ehtimol boshqa sotuvchida arzonroq narxga ko‘zingiz tushgandir? Biz
“Narxiga javob” katalogidagi mahsulotlarimiz narxiga shuuuuunchalik ishonamizki, maxsus dasturni ishga tushiryapmiz! Agar siz xarid qilgan tovar
“Narxiga javob” katalogidan joy olgan bo‘lsa, narxlar o‘rtasidagi farqni qaytarishga tayyormiz!
Hammasi juda oddiy:
▫️Aytaylik, siz Korzinkadan maxsus
“Narxiga javob” katalogiga kiruvchi tovarni xarid qildingiz va boshqa sotuvchi xuddi shu tovarni arzonroq sotayotganini aniqladingiz.
▫️Siz sayt yoki mobil ilova orqali ariza topshirasiz hamda unga Korzinka fiskal chekini, shuningdek, boshqa sotuvchidagi narxni tasdiqlovchi dalillardan birini ilova qilasiz: u tovar narxnomasining surati, skrinshot (onlayn do‘kondan) yoki boshqa sotuvchining fiskal cheki bo‘lishi mumkin
▫️Besh ish kunida biz arizangizni ko‘rib chiqamiz va agar arzonroq narx fakti tasdiqlansa, farqni Korzinka Plus kartangizga ballar ko‘rinishida o‘tkazib beramiz. Agar tasdiqlanmasa — bu haqida sizga xabar beramiz
Dasturda ishtirok etayotgan tovarlarni topish sizga osonroq bo‘lishi uchun, peshtaxtalarda ularni maxsus narxnomalar bilan ajratib ko‘rsatdik, shunday ekan, hech narsani o‘tkazib yubormaysiz.
Boshqa sotuvchilar tomonidan vaqtinchalik chegirmali narxlar belgilangan tovarlar dasturda ishtirok etmaydi. Sotuvchilar ro‘yxati va dasturning batafsil shartlari bilan
havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin.
App | Telegram-bot |
Facebook* |
Insta |
Web |
Korzinka Go |
Korzinka Biznes
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram