avatar
Korzinka News
@korzinkanews
07.09.2026 10:20
“Korzinka” tarmogʻida Uzum kartasi orqali xarid uchun 7% keshbek

2026-yil 4-sentyabrdan noyabr oyining oxiriga qadar “Korzinka” supermarketlar tarmog‘ida Uzum kartasi orqali xaridlarni amalga oshirgan foydalanuvchilarga avtomatik ravishda 7% miqdorida keshbek (xuddi oʻsha Uzum kartaga) taqdim etiladi. 

Tarmoqning oflayn do‘konlarida toʻlov plastik karta yordamida amalga oshirilganda ham, Korzinka va Korzinka Go ilovalari orqali onlayn buyurtma berilganda ham keshbek hisoblanadi – buning uchun hisobingizga Uzum kartasi bog‘langan bo‘lishi yetarli. 

“Biz hamisha mijozlarimiz uchun xaridlar yanada manfaatli va qulay boʻlishiga intilamiz. Uzum Bank bilan hamkorlikda 7% keshbek shaklidagi qo‘shimcha foyda taklif etgan holda, kundalik xaridlarning yanada unumli boʻlishiga oʻz hissamizni qoʻshayotganimizdan juda  mamnunmiz”, - dedi “Korzinka” supermarketlar tarmog‘i marketing departamenti direktori Malik Karimov  


“Uzum kartasi bilan to‘lash nafaqat qulay, balki manfaatli hamdir. Endilikda esa millionlab o‘zbekistonliklarda bunga ishonch hosil qilish uchun yana bir sabab paydo bo‘ladi. Bundan buyon “Korzinka”da kundalik xaridlarni amalga oshirish yanada qulaylashib, jami xarid qiymatining 7 foizi darhol kartangizga qaytariladi. Uzum kartasini Uzum Bank ilovasida bir necha daqiqada ochtirib, Uzum Bank kartomatida yoki yaqin atrofdagi Uzum Market buyurtmalarni topshirish punktida olish mumkin. Kartani chiqarish, unga xizmat ko‘rsatish, yetkazib berish va to‘ldirish bepul”,  - deb qayd etdi Uzum Bank CMO Sergey Buzilov. 


Batafsil: https://korzinka.uz/news/7-keshbeka-za-pokupki-v-korzinke-s-kartoy-uzum?id=9738

Telegram | X | LinkedIn
👍 4
👏 1
9 1.1K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Korzinka News

2.3K
"Korzinka" supermarketlar tarmog'ining rasmiy korporativ kanali



Официальный корпоративный канал сети супермаркетов «Корзинка»

X: www.twitter.com/korzinkanews
LinkedIn: www.linkedin.com/company/korzinka
Открыть в Telegram