Korzinka Go 3×3 basketbol bo‘yicha UHA LEAGUE turniriga amaliy yordam koʻrsatdi
29 va 30-avgust kunlari Olimpiya shaharchasida Korzinka Go ko‘magida 3×3 formatida UHA LEAGUE basketbol bo‘yicha ikki kunlik turnir oʻtkazildi. Hamkorlik doirasida Korzinka Go mazkur turnirni tashkil etish va bezak ishlarida yordam koʻrsatdi.
Turnirda turli yoshdagi basketbolchilar ishtirok etishdi. Musobaqalar U12, U14, U16, U18, 16+ va 18+ toifalarida bo‘lib o‘tib, ularda 70 tadan ortiq jamoa va 350 nafardan ortiq o‘quvchi kuch sinashdi. Ikki kun davomida 200 tadan ziyod oʻyin tashkil etildi.
Korzinka Go tomonidan UHA LEAGUE turniriga ko‘rsatilayotgan dastak basketbolni rivojlantirish va yosh o‘yinchilarga musobaqalarda muntazam ishtirok etish, sport ko‘nikmalarini rivojlantirish va o‘zlarini namoyon etish imkoniyatlarini yaratishga qaratilgan.
Batafsil: https://korzinka.uz/news/korzinka-go-podderzhala-turnir-uha-league?id=9462
Telegram |
X |
LinkedIn
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram