avatar
Korzinka News
@korzinkanews
02.09.2026 06:02
“Korzinka” Pedro Martinyoni bosh direktor lavozimiga tayinladi

“Korzinka”, O‘zbekistonning yetakchi supermarket tarmog‘i, bugun Direktorlar kengashi boshchiligida o‘tkazilgan xalqaro tanlov yakunlariga ko‘ra Pedro Martinyoni Bosh direktor lavozimiga tayinlaganini e’lon qildi. Pedro Toshkentga ko‘chib o‘tdi va o‘z vazifalarini bajarishga 2026-yil 2-sentabrdan kirishdi.

Pedro Polsha, Portugaliya, Boltiqbo‘yi mamlakatlari va Ozarbayjonning yetakchi oziq-ovqat chakana savdo kompaniyalarida 30 yildan ortiq tajribaga ega bo‘lib, “Korzinka” o‘sishining navbatdagi bosqichi uchun muhim strategik yetakchilik va operatsion ijro mahoratini olib kiradi.

O‘z faoliyati davomida u tijorat, merchandayzing, mijozlar bilan ishlash, ta’minot zanjiri, raqamli texnologiyalar va do‘konlar operatsiyalarini qamrab olgan chuqur tijoriy va operatsion ekspertizani shakllantirgan.

Unining tayinlanishi “Korzinka” rivojlanishining navbatdagi bosqichini belgilab beradi, xalqaro chakana savdo ekspertizasi va mahalliy bozor bilimlari uyg‘unligini yanada chuqurlashtiradi.

“Korzinka” asoschisi, Direktorlar kengashi raisi va asosiy aksiyadori Zafar Hoshimov quyidagilarni ta’kidladi:

“Biz Pedroni Korzinka jamoasiga qabul qilishdan mamnunmiz. U kuchli boshqaruv jamoamizga qo‘shilmoqda. Bu jamoa o‘zbekistonlik mutaxassislarning yuqori salohiyati va mahalliy bozordagi yetakchiligini xalqaro tajriba va ilg‘or amaliyotlar bilan uyg‘unlashtiradi. Biz birgalikda “Korzinka”ning mustahkam poydevori asosida o‘sish rejalarimizni amalga oshirishda davom etamiz hamda butun O‘zbekiston bo‘ylab ko‘proq insonlarga zamonaviy va yuqori sifatli oziq-ovqat chakana savdosini taqdim etishga intilamiz”.

Korzinkaning yangi Bosh direktori Pedro Martinyo qo‘shimcha qildi:

“Kompaniya va O‘zbekiston uchun shunday hayajonli bir davrda “Korzinka”ga qo‘shilayotganimdan juda xursandman. Dunyoning eng jozibador rivojlanayotgan bozorlaridan birida, eng ilg‘or zamonaviy oziq-ovqat riteylerlaridan birini yaratish yo‘lida Zafar Hoshimov, Direktorlar kengashi va kompaniyaning barcha xodimlari bilan samarali hamkorlik qilishga tayyorman”.

Batafsil: https://korzinka.uz/news/korzinka-appoints-pedro-martinho-as-ceo?id=9430

#Korzinka #Leadership #Growth #RetailTransformation #Uzbekistan #groceryretail

Telegram | X | LinkedIn
💯 3
2
1
👍 1
68 3.2K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Korzinka News

2.3K
"Korzinka" supermarketlar tarmog'ining rasmiy korporativ kanali



Официальный корпоративный канал сети супермаркетов «Корзинка»

X: www.twitter.com/korzinkanews
LinkedIn: www.linkedin.com/company/korzinka
Открыть в Telegram