“Korzinka” va Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi 500 ta maktab to‘plamini topshirdi
Mazkur hamkorlik memorandumi doirasida “Korzinka” tarmogʻi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan sheriklikda oʻquvchilarga 500 ta maktab to‘plamini taqdim etdi.
To‘plamlar 2-4-sinf o‘quvchilari, akademik va ijodiy tanlovlarning 100 nafar g‘olibi hamda inklyuziv ta’lim olayotgan 400 nafar nogironligi bo‘lgan o‘quvchilarga topshirildi. Har bir to‘plam o‘quv jarayoni uchun zarur bo‘lgan 31 turdagi o‘quv qurollari, jumladan, o‘quv yili davomida asqotadigan daftar, ruchka, qalam, albom va boshqa anjomlarni o‘z ichiga oladi.
"Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik har bir oila uchun muhim davr hisoblanadi. Shu bois biz bolalarni zarur o‘quv qurollari bilan taʼminlab, shunday ezgu ishlar bilan ularning xotirasida qolishni istadik. Ushbu xayrli ishda bizga yelkadosh boʻlgani uchun Vazirlikdan minnatdormiz va loyiha doirasida mamlakatning barcha hududlaridagi bolalarga 500 ta to‘plam yetkazib berilganidan gʻoyat mamnunmiz”, - dedi Korzinka supermarketlar tarmog‘i bosh direktori Akmal Asadov.
"Bolalarni qo‘llab-quvvatlash va ularning to‘laqonli ta’lim olishi uchun shart-sharoit yaratish – ijtimoiy mas’uliyatini teran his qiladigan hamkorlar bilan birgalikda amalga oshiradigan ishlarimizning muhim yo‘nalishlaridir. Bu kabi tashabbuslar maktab o‘quvchilarining ehtiyojlariga e’tibor qaratish va yangi o‘quv yili arafasida ularga yordam qoʻlini choʻzish imkonini beradi. “Korzinka” tarmogʻiga ushbu tashabbusdagi ishtiroki va oʻzaro ijtimoiy loyihalar rivojiga qoʻshayotgan hissasi uchun minnatdorchilik bildiramiz”, - dedi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyev.
Batafsil: https://korzinka.uz/news/korzinka-i-mdsho-peredali-500-shkolnykh-naborov?id=9322
Telegram |
X |
LinkedIn
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram