avatar
Korzinka News
@korzinkanews
24.08.2026 05:48
«Korzinka» Janubiy Koreyadan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha hamkorlik memorandumini imzoladi 

Supermarketlar tarmog‘i «Korzinka» Chjeju qishloq xo‘jaligi kooperativi (Jejucity Agricultural Cooperative) va Janubiy Koreyaning Sungshin L&P, Inc. kompaniyasi bilan o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi. Hujjat Chjeju orolida (Koreya Respublikasi) yetishtiriladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini O‘zbekiston bozoriga eksport qilish, ilgari surish, tarqatish va sotish sohalaridagi hamkorlikni nazarda tutadi. Tomonlar mahsulot yetkazib berishni rivojlantirish va uni mahalliy bozorda ilgari surish bo‘yicha birgalikda ish olib boradi. 

Hujjatga muvofiq, Jejucity Agricultural Cooperative qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va yetkazib berish uchun, Sungshin L&P, Inc. eksport agenti sifatida, «Korzinka» esa mahsulotlarni O‘zbekistonga import qilish, tarqatish va sotish uchun mas’ul bo‘ladi. 

«Korzinka» uchun assortimentni muntazam kengaytirish, ishonchli ta’minot zanjirlarini yo‘lga qo‘yish va xaridorlarga sifatli mahsulotlarni yanada qulay narxlarda xarid qilish imkoniyatini taqdim etish muhim yo‘nalishlardan biridir. Memorandum tomonlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun asos yaratadi hamda Koreya Respublikasida yetishtiriladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining O‘zbekiston bozoridagi mavjudligini kengaytirishga xizmat qiladi.

Batafsil: https://korzinka.uz/news/korzinka-podpisala-memorandum-o-sotrudnichestve-po-postavkam-selkhozproduktsii?id=9305

Telegram | X | LinkedIn
4
👍 4
🎉 1
13 1.3K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Korzinka News

2.3K
"Korzinka" supermarketlar tarmog'ining rasmiy korporativ kanali



Официальный корпоративный канал сети супермаркетов «Корзинка»

X: www.twitter.com/korzinkanews
LinkedIn: www.linkedin.com/company/korzinka
Открыть в Telegram