📚Eng qimmat kitob
💰Dunyodagi eng qimmat kitoblardan biri – Kodeks Lekester (Codex Leicester) hisoblanadi. Bu asar buyuk olim va rassom
Leonardo da Vinchi tomonidan 1506–1510-yillar oralig‘ida yozilgan. Qo‘lyozma 72 sahifadan iborat bo‘lib, unda asosan fizika, astronomiya, suv harakati va tabiat hodisalariga oid ilmiy kuzatuvlar bayon qilingan
Kitobning odamlarni hayratga soladigan yana bir jihati – Leonardo da Vinchining oyna yozuvi (mirror writing)dan foydalanganidir. Ya’ni u matnni o‘ngdan chapga qarab yozgan va yozuvni faqat oynaga aks ettirgandagina odatdagidek o‘qish mumkin bo‘lgan
1994-yilda bu noyob qo‘lyozmani
Bill Gates 30,8 million dollarga sotib olgan. Bu summa inflyatsiya hisobga olinganda bugungi kunda taxminan 49 million dollarga teng bo‘ladi. Hozirda Kodeks Lekester dunyodagi eng qimmat sotilgan qo‘lyozmalardan biri sifatida tarixda qolgan.
Kitobxonyoshlar obuna bo‘ling
Обсуждение 8
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram