Sher tulkiga dedi: «Menga ovqat olib kel. Olib kelmasang, seni yeyman.»
Tulki eshakka yaqinlashib dedi: «Sher seni shoh qilmoqchi. U seni tanladi. Men bilan yur.»
Eshak tulkiga ishondi. U sherning oldiga bordi. Sher unga hujum qildi. Eshak qochib ketdi, lekin quloqlaridan ayrildi.
Yaralangan eshak tulkiga dedi: – «Sen meni aldading.»
Tulki xotirjam javobKberdi: – «Sodda bo‘lma. Sher sening quloqlaringni shunchaki toj uchun joy ochish uchun uzib oldi»
Eshak yaralanganidan keyin ham yana qaytib keldi. Sher yana hujum qildi. Bu safar u eshakning dumini uzib oldi.
Tulki yana aldashda davom etdi: – «Endi hamma narsa ideal bo‘ldi. Sen hech qanday noqulayliksiz taxtga o‘tirasan.»
Eshak shubhalandi... Lekin yana qaytib keldi. Bu safar sher uni o‘ldirdi. Tulki sherga eshakning har bir a'zosini olib keldi... miyadan tashqari.
Sher so‘radi: – «Uning miyasi qani?»
Tulki javob berdi: – «Hech qachon eshakda miya bo‘lmagan, shohim. Bo‘lganida, quloqlari va dumini yo‘qotgandan so‘ng yana qaytib kelmasdi.»
Saboq: Sizni bir marta aldagan yoki xafa qilgan odamga ikkinchi imkoniyat berishda juda ehtiyot bo‘ling. Shirin so‘zlarga darrov ishonmang. Sizga maslahat berayotgan har bir inson sizning manfaatingizni ko‘zlayvermaydi.
Kitobxonyoshlar obuna bo‘ling
Обсуждение 1
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram