❗️Mahkumlarning jazoni o‘tash davrida o‘qigan adabiyotlari bo‘yicha bilimini tasdiqlash tartibi belgilandi
Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko‘ra, imtihon test shaklida
bo‘ladi. Jarayon “E-mahkum” axborot tizimidagi alohida modul orqali amalga oshiriladi.
📖 Har bir kitob bo‘yicha
25 ta test savoli beriladi va ularga javob berish uchun 50 daqiqa vaqt ajratiladi. Maksimal natija 100 ball bo‘lib, testdan muvaffaqiyatli o‘tish uchun kamida
70 ball to‘plash talab etiladi.
Mahkum test natijasidan norozi bo‘lsa,
5 ish kuni ichida sudga shikoyat qilishi mumkin. Sud test natijasini bekor qilgan taqdirda,
qayta imtihon tashkil etiladi.
📚 O‘qilishi tavsiya etilgan
adabiyotlar ro‘yxati Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Milliy kutubxona va Yozuvchilar uyushmasi tomonidan har yili
1-yanvarga qadar tasdiqlanadi.
Kitobxonyoshlar obuna bo‘ling
Обсуждение 4
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram