Tushda paydo bo‘lgan asarlar — 2-qism
Ingliz shoiri Samuel Taylor Coleridgening aytishicha, bir kuni u qattiq betob bo‘ladi. Shifokorlar unga tarkibida afyun bo‘lgan laudanum dorisini berishadi. Dori ta'sirida Coleridge uzoq uyquga ketadi va tushida 200-300 misradan iborat she'rni deyarli to‘liq holatda ko‘radi.
U uyg‘ongach, she'rni qog‘ozga tushira boshlaydi. Ammo aynan shu paytda eshik taqillaydi. U notanish odam bilan bir muddat suhbatlashib, qaytib kelganida she'rning katta qismini unutganini anglaydi. Natijada u atigi 54 misrani eslay oladi, xolos
Bugungi kunda
“Kubla Khan” nomi bilan mashhur bo‘lgan ushbu she'r aynan shu sababli tugallanmagan asar sifatida qaraladi. Balki o‘sha notanish odam eshikni taqillatmaganida, bugun biz 200-300 misradan iborat yana bir ajoyib ijod namunasi yaralgan bo‘larmidi?
Siz yana tush yoki g‘ayrioddiy ilhom natijasida yaratilgan qaysi mashhur asarlarni bilasiz?
Kitobxonyoshlar obuna bo‘ling
Обсуждение 14
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram