avatar
Jizzax yoshlari | Yoshlar ittifoqi
@jizzaxyoshlari_yi
21.07.2026 14:46
Mard bolalar – Vatan posbonlari! Energy oromgohida harbiy-vatanparvarlik festivali tashkil etildi

Sharof Rashidov tumanida joylashgan "Energy" yozgi bolalarni sog‘lomlashtirish oromgohida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Milliy gvardiya Jizzax viloyati boshqarmasi hamda O‘zbekiston bolalar tashkiloti hamkorligida "Mard bolalar – Vatan posbonlari!" shiori ostida harbiy-vatanparvarlik loyihalari tashkil etildi.

Tadbir davomida bolalarning jismoniy faolligi, jamoaviy ishlash ko‘nikmalari hamda vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga qaratilgan qiziqarli estafeta musobaqalari, sport o‘yinlari va ko‘ngilochar dasturlar o‘tkazildi.

Shuningdek, Milliy gvardiya xodimlari tomonidan harbiy ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etilib, xizmat itlarining maxsus ko‘nikmalari ishtirokchilarga namoyish qilindi. Tadbir doirasida harbiy qurol-aslahalar ko‘rgazmasi tashkil etilib, bolalar uchun ularning vazifalari va qo‘llanilish tartibi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Mazkur loyiha yosh avlod qalbida Vatanga sadoqat, milliy g‘urur va harbiy-vatanparvarlik ruhini yanada mustahkamlash, shuningdek, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qildi.

Jizzax yoshlari | Yoshlar ittifoqi

Bizning sahifalarimiz:
emojiTelegram emojiInstagram* Facebook*
16 842
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Jizzax yoshlari | Yoshlar ittifoqi

2K
🇺🇿 Jizzax yoshlari hayotiga oid so'nggi yangiliklar va foydali ma'lumotlarni bizning sahifalarimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin.

©️ O'zbekiston yoshlar ittifoqi Jizzax viloyati Kengashi

Biz bilan aloqa:

📞 +998995568483
Открыть в Telegram