Jizzax yoshlari | Yoshlar ittifoqi
@jizzaxyoshlari_yi
9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Burch, jasorat, matonat!” shiori ostida yoshlar bilan “Uch avlod uchrashuvi” hamda Sharof Rashidov uy muzeyiga ma’naviy sayohat tadbirlari o‘tkazildi
Yurtimizda keng nishonlanadigan 9-may — Xotira va qadrlash kuni xalqimiz qalbida chuqur iz qoldirgan, ajdodlarimiz jasorati va fidoyiligini yod etishga bag‘ishlangan muhim sanalardan biridir. Ushbu sana nafaqat tarixni eslash, balki yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda ham katta ahamiyat kasb etadi. Shu munosabat bilan joriy yilning 5-may kuni O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, viloyat mahalla xayriya jamoat fondi, Jizzax garnizonidagi harbiy qism, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Mudofaa ishlari boshqarmasi huzuridagi chaqiriluvchilarni harbiy texnika mutaxassislar bo‘yicha tayyorlash markazi, Ichki ishlar vazirligi Jizzax akademik litseyi, 3-sonli ixtisoslashtirilgan maktab hamda faxriylar kengashi hamkorligida “Burch, jasorat, matonat!” shiori ostida yoshlar ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri tashkil etildi.
Uchrashuv davomida “Sharaf lentasi” targ‘ibot aksiyasi ham o‘tkazildi, shundan so‘ng uchrashuvda faxriylar, o‘rta avlod vakillari hamda yoshlar bir davrada jam bo‘lib, o‘zaro muloqot qildilar. Keksalar o‘z hayotiy tajribalari, boshdan kechirgan sinovlari va mustaqillik yo‘lida ko‘rsatgan xizmatlari haqida hikoya qilib berdilar. Bu yesa yoshlar qalbida hurmat, faxr va mas’uliyat tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.
Jizzax yoshlari | Yoshlar ittifoqi
Bizning sahifalarimiz:
Telegram
Instagram* Facebook*

👍 2
10 908
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram