Videoreportaj: Jizzaxda g‘alla o‘rimiga yangicha yondashilib, natija va mas’uliyat ham shunga yarasha talab etilmoqda
Jizzax viloyati hokimi Ulug‘bek Mustafoyev rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda g‘alla o‘rim-yig‘imiga tayyorgarlik, kombaynlarni GPS va kuzatuv kameralari orqali nazorat qilish masalalari muhokama qilindi.
Qayd etilganidek, keyingi yillarda amalga oshirilgan islohotlar natijasida g‘alla hosildorligi ayrim hududlarda gektariga 90 sentnergacha, ba’zi fermerlarda esa 100 sentnerdan oshdi.
Shu bilan birga, o‘rim ishlarining kechikishi katta yo‘qotishlarga sabab bo‘lishi mumkin. Mutaxassislar hisob-kitobiga ko‘ra, o‘rim 15 kunga kechiksa, 84 ming tonna hosil yoki qariyb 269 milliard so‘mlik mahsulot yo‘qotilishi ehtimoli bor.
Yig‘ilishda yoqilg‘i sarfi, hisobotlarda aks ettirilmagan hosil hajmlari va texnikadan samarasiz foydalanish kabi holatlarga qarshi qat’iy choralar ko‘rish vazifasi belgilandi.
Bu yildan boshlab don o‘rish kombaynlarini GPS texnologiyalari va kuzatuv kameralari orqali onlayn monitoring qilish tizimi joriy etilmoqda. Mazkur tizim ish samaradorligi, yoqilg‘i sarfi va o‘rilgan maydonlarni aniq nazorat qilish imkonini beradi.
📹 Batafsil — videolavhada tomosha qiling.
🇺🇿Kanalga ulanish:
@jizzaxviloyatihokimi
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram