Bu yil “So‘nggi qo‘ng‘iroq” bayram tadbiri Jizzax viloyatida o‘zgacha shukuh va ko‘tarinki kayfiyatda tashkil etildi
Viloyat hokimi Ulug‘bek Mustafoyev ishtirok etgan tantanali tadbirda viloyatdagi qariyb
20 mingga yaqin maktab bitiruvchilari orasidan eng yuqori ball to‘plab, muddatidan oldin talaba bo‘lgan
304 nafar o‘quvchi hamda uyda ta’lim olib, maktabni tamomlayotgan
60 nafar bitiruvchi va ularning ota-onalari qatnashdi.
Tadbir davomida viloyat hokimi Prezidentimizning bitiruvchi yoshlarga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi hamda bitiruvchilarga esdalik sovg‘alarini tantanali tarzda topshirdi.
Shuningdek, viloyat hokimi farzandlar tarbiyasi va ta’limiga qo‘shayotgan hissasi uchun bitiruvchilarning ota-onalariga minnatdorlikchilik bildirib, ularni tashakkurnomalar bilan taqdirladi.
Bayram tadbiri konsert dasturi bilan davom etib, ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi.
🇺🇿Kanalga ulanish:
@jizzaxviloyatihokimi
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram