JizPI online | rasmiy kanal
@jizpi_online
#Qabul2026 #Texnikum #Suhbat
Jizzax politexnika institutida texnikum bitiruvchilari bilan suhbat jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda
Bugun Jizzax politexnika institutida texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga 2-bosqichdan o‘qishga qabul qilish jarayonlari doirasida suhbatlar o‘tkazilmoqda.
Dastlab, texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlab, suhbat asosida institutning 2-bosqichiga o‘qishga qabul qilinish uchun ariza topshirgan abituriyentlar bilan Jizzax politexnika instituti rektori, texnika fanlari doktori, professor Alisher Usmankulov uchrashdi.

Samimiy muloqot davomida rektor abituriyentlarni qutlab, ularga omad tiladi hamda qabul jarayonlari va undan keyingi ta’lim jarayoni haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, abituriyentlarga institut mas’ullari tanishtirildi.
Uchrashuvda suhbat jarayonlarining shaffof, adolatli va xolis tashkil etilishi, korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, har bir abituriyent bilan o‘tkaziladigan suhbat jarayonining video tasvirga olinishi kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
Muloqot davomida abituriyentlarni qiziqtirgan savollarga rektor tomonidan batafsil javob berildi. Shuningdek, hal etilmagan masalalar, muammolar, shikoyat yoki takliflar yuzaga kelgan taqdirda institut rektorining virtual qabulxonasiga murojaat qilishlari mumkinligi ta’kidlandi.
Shundan so‘ng abituriyentlar bilan suhbat jarayonlari boshlandi.
Suhbat jarayonlarining shaffof, adolatli va xolis o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida institut tomonidan barcha zaruriy choralar ko‘rilgan.
Jizzax politexnika institutida Qabul-2026 jarayonlari belgilangan tartib va mezonlar asosida davom etmoqda.
@jizpi_online
❤ 3
👍 3
⚡ 1
🤩 1
7 865
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram