avatar
JIZZAX IIB | Rasmiy kanal
@jiziib
06.07.2026 05:52
Har bir murojaat nazoratda

Oʻtgan yakshanba kuni Jizzax viloyati IIB boshligʻining navbatdagi shaxsiy qabuli oʻtkazildi. Qabulda fuqarolardan jami 44 ta murojaat qabul qilinib, ularning 39 tasi ichki ishlar organlari faoliyatiga oid masalalarni tashkil etdi. Murojaatlarda mol-mulk va pul mablagʻlari, surishtiruv va tergov harakatlari, oilaviy kelishmovchiliklar, ishga va oʻqishga qabul qilish, maʼmuriy jarimalar, shuningdek, tuhmat va haqorat bilan bogʻliq masalalar koʻtarildi.
36 nafar fuqaro ishtirok etgan ochiq muloqotda 9 nafar murojaatchiga huquqiy tushuntirishlar berildi. Qoʻshimcha oʻrganish talab etuvchi 35 ta murojaatning ijrosi nazoratga olinib, ularni qonuniy va oʻz vaqtida hal etish boʻyicha masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Website | Telegram | Facebook* | Youtube | Murojaatyuborish
👍 4
👏 1
10 1.3K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

JIZZAX IIB | Rasmiy kanal

10.8K
Жиззах вилояти ИИБ ахборот хизматининг расмий канали

Содир бўлаётган воқеа ва ҳодисаларни биз орқали кузатинг!
Открыть в Telegram