🍕
Pizza, a'lo kayfiyat va qizg'in dasturlash!
Xabaringiz bor, universitetimizda ICPC (xalqaro dasturlash musobaqasi) ga tayyorgarlik kurslari o'tilmoqda. Talabalarimizga yanada kuch va motivatsiya berish uchun O‘quv ishlari bo‘limi ajoyib an'anani boshladi — endi har oy “Pizza Day” o'tkaziladi!
Kuni kecha ana shunday ilk “Pizza Day” bo'lib o'tdi. Dastavval, talabalarimiz issiqqina pitsa atrofida yig'ilib, maroqli suhbat qurishdi va darsdan oldin yaxshilab hordiq chiqarishdi.
Qorinlar to'yib, kayfiyat ko'tarilgach esa... navbat asosiy ishga keldi! Yosh dasturchilarimiz to'plagan energiyalari bilan koding darslarini boshlab yuborishdi.
Murakkab masalalar va algoritmlarni yechish uchun bunday tayyorgarlik ayni muddao bo'ldi.
📹
Batafsil videoda!
Universitetga kirish uchun qabul davom etmoqda!
Manzil:
Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Alixonto'ra Sog'uniy 44
HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN
Batafsil ma'lumot:
Telefon: 71-200-05-95
Telegram:
@jdu_support3D
Telegram | Instagram* | Facebook* | YouTube | Web site
Обсуждение 8
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram