IT Park University
@itpu_uz
Vengriya elchisi IT Park University’ga tashrif buyurdi
IT Park University Vengriyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Mr. József Rózsa bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida universitet jamoasi IT Park University’ning ta’lim modeli va o‘quv dasturlarini taqdim etdi. Alohida e’tibor ITPU talabalarining Vengriyadagi stajirovkasiga qaratildi: talabalar safar davomida orttirgan tajribasi, Budapesht va Debretsendagi EPAM ofislariga tashriflari, vorkshoplar hamda xalqaro korporativ muhit bilan tanishuvi haqida so‘zlab berishdi.
Mr. József Rózsa universitetning ta’lim yondashuvi va talabalar safar davomida orttirgan tajribasiga qiziqish bildirdi. U ITPU jamoasiga uchrashuv uchun minnatdorlik bildirdi va O‘zbekiston hamda Vengriya yoshlari uchun xalqaro ta’lim tajribasini orttirish va bir-birining madaniyati bilan yaqindan tanishish imkonini beradigan bunday tashabbuslarning ahamiyatini ta’kidladi.
Bunday uchrashuvlar universitetning xalqaro aloqalarini mustahkamlashga hamda talabalar uchun ta’lim, kasbiy rivojlanish va madaniy almashinuv bo‘yicha yangi imkoniyatlar ochishga yordam beradi.
——
Посол Венгрии посетил IT Park University
IT Park University провёл встречу с Чрезвычайным и Полномочным Послом Венгрии в Узбекистане Mr. József Rózsa.
Во время встречи команда университета представила образовательную модель IT Park University и программы обучения. Отдельное внимание было уделено стажировке студентов ITPU в Венгрии: студенты рассказали о своём опыте поездки, визитах в офисы EPAM в Будапеште и Дебрецене, воркшопах и знакомстве с международной корпоративной средой.
Mr. József Rózsa проявил интерес к образовательному подходу университета и опыту, который студенты получили во время поездки. Он поблагодарил команду ITPU за встречу и отметил важность таких инициатив, которые помогают молодёжи Узбекистана и Венгрии получать международный образовательный опыт и ближе знакомиться с культурой друг друга.
Такие встречи помогают укреплять международные связи университета и открывать для студентов новые возможности для обучения, профессионального развития и культурного обмена.

❤ 11
👍 3
🔥 2
4 744
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram