avatar
Банкирларга иш
@ishbank
05.05.2026 09:24
Markaziy bank ilmiy izlanuvchilar uchun stipendiya dasturini e’lon qiladi

Markaziy bank magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalar, shuningdek doktorant va mustaqil izlanuvchilar uchun “Tadqiqot stipendiyasi dasturi” bo‘yicha tanlov e’lon qiladi.
Dastur iqtisodiyot, moliya, bank ishi, pul-kredit siyosati, moliyaviy barqarorlik, to‘lov tizimlari, moliyaviy savodxonlik va boshqa dolzarb yo‘nalishlarda ilmiy izlanish olib borayotgan tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:
🔘rezyume;
🔘ilmiy tadqiqot rejasi;
🔘tadqiqot ishlarining oyma-oy grafigi;
🔘mavjud bo‘lsa, chop etilgan ilmiy maqolalar.
Hujjatlar 3-iyun soat 18:00 gacha qabul qilinadi. Mazkur dastur Markaziy bankning ilmiy-tahliliy salohiyatni rivojlantirish, yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda iqtisodiy siyosat bo‘yicha dalillarga asoslangan yondashuvni kengaytirish borasidagi tashabbuslaridan biridir.
🔗 Batafsil ma’lumot
✉️ Arizalar uchun manzil: nurbekomonov@cbu.uz

@ishbank
18
👍 8
212 19.8K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Банкирларга иш

31.8K
Бу ерда мамлакатимиздаги актуал бўш иш ўринлари тўғрисида эълонлар жойлаб борилади.

Алоқа: @Ishbankbot

Тижорий ҳамкорлик: @arslonpr

Здесь представлены объявления об актуалных вакансиях в нашей стране.
Открыть в Telegram