avatar
ipuedu_uz | Расмий канал
@ipuedu_uz
03.06.2026 12:35
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2022-yil 16-avgustdagi litsenziyasiga muvofiq tashkil etilgan Iqtisodiyot va pedagogika universiteti bugungi kunda zamonaviy ta’lim, xalqaro hamkorlik va innovatsion yondashuvlarni o‘zida mujassam etgan nufuzli nodavlat ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi. Universitet faoliyati davlat ta’lim standartlari asosida olib borilib, talabalarni zamon talablariga mos, raqobatbardosh va malakali mutaxassislar etib tayyorlashga qaratilgan.

Universitet rektori — Bozorov Otabek Nashvandovich. Uning rahbarligida ta’lim sifatini oshirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish hamda xalqaro aloqalarni kengaytirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda universitetda minglab talabalar tahsil olmoqda. Ta’lim jarayoniga professorlar, fan doktorlari, dotsentlar va tajribali mutaxassislar jalb etilgan bo‘lib, nazariy bilimlar amaliy tajribalar bilan uyg‘unlashtirilgan holda o‘qitilmoqda.

Iqtisodiyot va pedagogika universitetining muhim ustunliklaridan biri — xalqaro hamkorlikning keng yo‘lga qo‘yilganidir. Universitet dunyoning 35 ga yaqin xorijiy davlatlari va ko‘plab xalqaro oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirib bormoqda. Bu esa talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun akademik almashinuv dasturlari, qo‘shma loyihalar, xalqaro konferensiyalar hamda malaka oshirish imkoniyatlarini yaratmoqda.

Iqtisodiyot va pedagogika universiteti — bu sifatli ta’lim, xalqaro imkoniyatlar, zamonaviy infratuzilma va kuchli professor-o‘qituvchilar jamoasi uyg‘unlashgan maskan bo‘lib, kelajak liderlari va malakali mutaxassislarini tayyorlash yo‘lida izchil faoliyat olib bormoqda. Universitetning asosiy maqsadi — bilimli, tashabbuskor, vatanparvar va global mehnat bozorida raqobatlasha oladigan kadrlarni voyaga yetkazishdir.

Onlayn ariza va imtihon topshirish uchun:
1.
ipuedu.uz saytiga kiring;
2. Ro
yxatdan oting;
3. Shartnomangizni yuklab oling!

Aloqa markazi:
+998752306060 (Qashqadaryo)
Yozish
+998557056060 (Samarqand)
Yozish

Litsenziya Nº 194419 25.12.2023

Manzil: Qarshi shahri, Gungon MFY, Jayxun kochasi, 11A-uy

Manzil: Samarqand viloyati, Samarqand tumani, Joyi soy MFY, Yasmin kochasi, 11-uy

Telegram| Instagram*| Web-sahifa
IQTISODIYOT VA PEDAGOGIKA UNIVERSITETI-litsenziya.pdf
1.21 МБ
6
👏 1
20 2.6K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

ipuedu_uz | Расмий канал

29.4K
Iqtisodiyot va pedagogika universitetining rasmiy Telegram sahifasi

🌍 www.ipuedu.uz
📲 +998 75 230 60 60
📨 ipu.ntm@bk.ru
❗️Online ariza topshirish: https://ipu.educon.uz/

📍Qarshi va Samarqand kampusi
Открыть в Telegram