Iqtisodiyot va pedagogika universiteti zamonaviy ta’lim tizimi, xalqaro hamkorlik tarmog‘i va innovatsion yondashuvlari bilan ajralib turadi.
Universitet 35 ta xorijiy davlat oliy ta’lim muassasalari bilan rasmiy hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan. Bu hamkorlik talabalarga akademik almashinuv, qo‘shma ta’lim dasturlari, xalqaro tajriba va global standartlar asosida bilim olish imkonini beradi.
2026-yilda universitetning yangi o‘quv binosi foydalanishga topshiriladi. Mazkur bino yuqori texnologik jihozlar va qulay ta’lim muhiti bilan ta’minlanib, o‘quv jarayonlarini yanada sifatli tashkil etishga xizmat qiladi.
Ta’lim jarayoni zamonaviy o‘quv dasturlari asosida olib boriladi. Talabalar uchun amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish, innovatsion loyihalarda ishtirok etish hamda kasbiy kompetensiyalarni oshirish imkoniyatlari yaratilgan.
Iqtisodiyot va pedagogika universiteti — barqaror bilim, kasbiy rivojlanish va xalqaro istiqbolga yo‘naltirilgan oliy ta’lim muassasasi.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram