avatar
ipuedu_uz | Расмий канал
@ipuedu_uz
28.05.2026 10:22
Iqtisodiyot va pedagogika universiteti — zamonaviy ta’lim, keng imkoniyatlar va yorqin kelajak sari ishonchli qadam.

Iqtisodiyot va pedagogika universitetida bugungi kunda 34 ta bakalavriat hamda 5 ta magistratura ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlanmoqda. Universitetda 25 000 nafardan ortiq talaba tahsil olib, zamonaviy va innovatsion ta’lim muhitida bilim olmoqda. Universitetning kampuslari Qashqadaryo viloyati hamda Samarqand viloyati hududlarida joylashgan.

Talabalar uchun barcha qulayliklarga ega zamonaviy o‘quv va yashash infratuzilmasi yaratilgan. Xususan, universitet hududida 2 500 o‘rinli talabalar yotoqxonasi, 500 o‘rinli zamonaviy talabalar oshxonasi, futbol, basketbol, voleybol hamda yugurish sport maydonlari, shuningdek, talabalarning mazmunli hordiq chiqarishi uchun sayilgohlar mavjud. Ushbu imkoniyatlar talabalarning nafaqat sifatli ta’lim olishi, balki jismoniy va shaxsiy rivojlanishini ham ta’minlaydi.

Universitetda iqtidorli va faol talabalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Rektor stipendiyasi, Ta’sischilar stipendiyasi hamda turli nomdor davlat grantlari joriy etilgan. Bu esa talabalarni ilmiy izlanish va yuqori natijalarga erishishga rag‘batlantiradi.

Shuningdek, universitet dunyoning 35 dan ortiq xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘ygan. Mazkur hamkorliklar talabalarga bir semestr davomida xorijda tahsil olish, xalqaro tajriba orttirish hamda sayohat qilish imkoniyatini yaratadi. Universitet Erasmus+ dasturi doirasida Yevropaning nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan.

Universitetda 500 nafardan ortiq professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritib, talabalarga zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarni berib kelmoqda. Ularning tajribasi va ilmiy salohiyati talabalarni o‘z yo‘nalishi bo‘yicha yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishida muhim o‘rin tutadi.


Onlayn ariza va imtihon topshirish uchun:
1.
ipuedu.uz saytiga kiring;
2. Ro
yxatdan oting;
3. Shartnomangizni yuklab oling!

Aloqa markazi:
+998752306060 (Qashqadaryo)
Yozish
+998557056060 (Samarqand)
Yozish

Litsenziya Nº 194419 25.12.2023

Manzil: Qarshi shahri, Gungon MFY, Jayxun kochasi, 11A-uy

Manzil: Samarqand viloyati, Samarqand tumani, Joyi soy MFY, Yasmin kochasi, 11-uy

Telegram| Instagram*| Web-sahifa
12
🔥 3
👍 1
😍 1
💯 1
37 6.9K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

ipuedu_uz | Расмий канал

29.4K
Iqtisodiyot va pedagogika universitetining rasmiy Telegram sahifasi

🌍 www.ipuedu.uz
📲 +998 75 230 60 60
📨 ipu.ntm@bk.ru
❗️Online ariza topshirish: https://ipu.educon.uz/

📍Qarshi va Samarqand kampusi
Открыть в Telegram