avatar
Ideal study | xususiy maktabi
Переслано от канала
16.05.2026 14:50
⚡️ O‘zbekiston chempionati (I liga) yakunlandi

Joriy yilning 4–15-may kunlari Toshkent shahridagi Xalqaro shaxmat akademiyasida erkaklar va ayollar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati (I liga) musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu nufuzli musobaqada Barot Xaylayev boshchiligidagi Sirdaryo viloyati terma jamoasi a’zolari ham munosib ishtirok etib, yuqori natijalarni qayd etishdi.

🏆 Bahrom Bahrullayev erkaklar guruhida 11 turdan 9 ochko jamg‘arib, faxrli 1-o‘rinni egalladi hamda 40 mln so‘m pul mukofotiga sazovor bo‘ldi.

♟ Lazizbek Shavkatov ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, erkaklar guruhida 6-o‘rinni qo‘lga kiritdi va 10 mln so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.

👑 Ayollar guruhida qatnashgan Malika Jumayeva esa yakunda 4-o‘rinni egallab, 15 mln so‘m pul mukofotini qo‘lga kiritdi.

👏 Shaxmatchilarimizni ushbu yutuqlar bilan tabriklaymiz va kelgusi musobaqalarda ham ularga omad tilaymiz!

Kanalga ulanish
@Sirdaryochesss
👍 6
4
3
🔥 1
🎉 1
1 1 883

Обсуждение 1

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Ideal study | xususiy maktabi

3.1K
🔸 Chempionlar tayyorlanadigan maktab!
🔸 Haqiqiy iqtidorlarni kashf qiladigan maskan!
🔸 Berayotgan har bir ta'lim-tarbiyasi 100 foiz o'zini oqlayotgan muassasa!
🔸 Guliston shahridagi birinchi raqamli maktab!
📞 918028822
📞 937158822
Открыть в Telegram