avatar
HUMANS.uz
@humansuz
13.06.2025 13:59
Humans mijozlari uchun axborot xabari

Hurmatli mijozlar!

"Octobank" AJ Humans VISA kartalari bo‘yicha amaliyotlar 2025 yil 13 iyun kuni soat 18:00dan boshlab to‘xtatilganini ma’lum qildi. Qaror bank tomonidan bir tomonlama tartibda qabul qilindi.

Pul mablag‘lari hisobingizda to‘liq qoladi va ulardan, jumladan, Humans aloqa xizmatlarini to‘lash uchun foydalanish mumkin.

Humans kompaniyasi "Octobank" AJ shartnoma majburiyatlarini muntazam ravishda bajarmagani uchun unga qarshi da’vo tayyorlamoqda. Humans VISA kartalari egalarining murojaatlari bank tomonidan umuman e’tiborsiz qoldirilgan yoki jiddiy kechikishlar bilan ko‘rib chiqilganligi kabi yuzlab qoidabuzarliklar qayd etilgan. Gap bankning asosiy operatsion jarayonlarining yaroqsizligi tufayli Humans VISA’ning yakuniy foydalanuvchilari aziyat chekkani haqida ketmoqda. Humans VISA mijozlari manfaatlarini ko‘zlab, Humans bu masalalarni bir necha bor ko‘targan, vaziyatni to‘g‘rilashga harakat qilgan, ammo bank emitent vazifasini bajara olmasligini doimiy ravishda tasdiqlagan.

Humans’ning barcha servislari odatdagidek cheklovlarsiz ishlashda davom etmoqda:

— uyali aloqa xizmatlari va hisobni to‘ldirish;
— ilovada kartadan kartaga P2P o‘tkazmalari;
— xizmatlar uchun ilovada to‘lash;
— Humans Yaxshi bozorlaridan yaxshi mahsulotlarni yetkazib berish;
— Humans Market mahsulotlar bozori;
— Humans for Humans yordam platformasi.
Ishonchingiz uchun tashakkur. Savollaringiz bo‘lsa, 1234 qisqa raqami orqali yoki mobil ilova chatida yordam berishga tayyormiz.

Hurmat bilan,
Humans jamoasi
😱 100
49
👍 41
🤯 17
👌 7
👏 4
🎉 3
🔥 2
75 28.4K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

HUMANS.uz

33.9K
Ulanish: https://bit.ly/3TdsO7A
Market: https://market.humans.uz
📞1234📞

Biz sizga zarur bo'lgan barcha xizmatlarni birlashtirdik. Alohida bo'lgandan ko'ra, ular bitta ilovada qulayroq bo'ldi, ba'zilari esa umuman bepul.
Открыть в Telegram